Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori imzolandi.
Qarorga köra, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining PR-markaz funksiyalarini amalga oşiriş böyiça Idoralararo işçi guruhini tuziş töğrisidagi taklifiga rozilik berilmoqda.
Quyidagilar Idoralararo işçi guruhining asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:
- Agentlik tomonidan PR-faoliyatni taşkil etişning ustuvor vazifa va yönalişlarini, konseptual asoslarini işlab çiqiş, uşbu sohada samarali idoralararo muvofiqlaştirişni yölga qöyiş;
- iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiyaga ehtiyoj va salohiyatli loyihalar töğrisidagi ma'lumotlarni töplaş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş jarayonlarini va biznes-forumlar taşkil etişni PR jihatidan qöllab-quvvatlaş uçun doimiy asosda axborot materiallarini tayyorlaş;
- mamlakatimiz investitsiya salohiyati töğrisidagi axborotni töplaş va tahlil qiliş, istiqbolli investitsiya takliflari röyxatini, xorijiy investorlar uçun zarur taqdimot materiallarini tayyorlaş uçun ma'lumotlarni şakllantiriş böyiça tadbirkorlik sub'yektlari, davlat organlari va boşqa taşkilotlar bilan özaro hamkorlik qiliş;
- jahon axborot makonida Özbekistonning ijobiy imijini şakllantiriş va ilgari suriş, mamlakatning investitsiya muhiti va turistik salohiyatini tarğib etiş bilan boğliq masalalarni körib çiqiş.











