Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Somon yo‘li diski shakli mutlaqo boshqa shaklda ekanini aniqlashdi

Olimlar galaktikaning eng aniq uch o‘lchamli xaritasini o‘rganib, somon yo‘lining chetlari siqilgan spiral shaklda birlashgan degan xulosaga keldi.
Bungacha Somon yo‘li Andromeda tumanligi kabi tekis «quymoq» shaklida deya hisoblab kelingan. Biroq avstraliyalik va xitoylik olimlar galaktikaning eng aniq xaritasiga ko‘ra, Somon yo‘li tekis «quymoq» shaklida emas, balki siqilgan «garmoshka» shaklida deb hisoblamoqda.
Olimlar 1300dan ziyod Tsefeidlargacha (Tsefeidlar – o‘zgaruvchan pulsar yulduzlari, ular yordamida uzoqdagi fazoviy jismlargacha masofani aniqlasa bo‘ladi) masofa o‘lchangan galaktika xaritasini yaratishdi. Xarita yordamida Somon yo‘lining haqiqiy shakli tasviri paydo bo‘lgan. Tsefeidlar Quyoshdan 100 ming baravar yorqinroq bo‘lib, galaktika chetigacha bo‘lgan masofani 95 foizgacha tiniqlikda aniqlash imkonini beradi.
Sidneydagi Makuori universiteti astronomi Richard de Greys Somon yo‘lining chetlari g‘ayrioddiy siqiq spiral shaklida chirmashib ketganini aytadi. Bu galaktikaning disk shaklidagi ichki qismi va uning chetlari gravitatsion ta'sirlar natijasida paydo bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, Somon yo‘li — Yer sayyorasi, Quyosh tizimi va alohida yulduzlarni o‘z ichiga olgan galaktikadir.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xalqaro astronavtika kongressi 2028 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:08
-
Google osmonida qora bulutlar: kompaniyaga xaridor ham tayyor, monopoliyaga qarshi da’vo ochilishi kutilmoqda
Biznes | 18:06
-
“Quruvchi tannarxidan emas, budjetga to‘laydigan solig‘idan chegirma qilib beryapti” – SSP raisi
Ko‘chmas mulk | 17:18
-
O‘zbekiston yuqori daromadli mamlakatlarga yetib olishiga 100 yildan ko‘proq vaqt kerak - Jahon banki
Iqtisodiyot | 17:13
Mavzuga oid

22:31 / 09.05.2025
Astronomlar yulduzlarni parchalovchi «daydi» qora tuynukni kashf etdi

15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi

18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi

09:43 / 03.02.2024