Özbekiston delegatsiyasi 7-15 fevral kunlari bölib ötadigan, butunjahon kinosanoati vakillari uçun eng yirik tadbirlardan biri bölgan - Yevropa kinobozorida birinçi marta öz taqdimotlari bilan iştirok etadi. Mazkur yirik kinematografiya biznesi maydonçasi “Berlinale”, ya'ni Berlin xalqaro kinofestivali doirasida taşkillaştiriladi.

Özbekiston milliy kinokomissiyasi hamda Yevropa kinobozori örtasida erişilgan kelişuvga köra bu yil kinomarketning yuzlab stendlari orasida Özbekiston milliy paviloni ham böladi. Unda mamlakatning tajribali va yoş kinomutaxassislaridan iborat delegatsiya qatnaşib, xorijiy kinokompaniyalar vakillari bilan muzokaralar ötkazadi.

Delegatlar jahon kinosanoati vakillari bilan Özbekiston iştirokida qöşma kinoloyihalar qiliş (koprodakşn) hamda çet el kinokompaniyalarini yurtimizga filmlar suratga oliş uçun taklif qiliş yuzasidan hamkorlik aloqalarini örnatişni maqsad qilişgan.
Mutaxassislar kinoturizm yönalişini rivojlantiriş mamlakatga sayyohlar oqimining köpayişida yordam berişiga işonmoqda.

Uşbu pavilonni taşkillaştirişda Özbekiston yoşlar ittifoqi, “Özbekkino” Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantiriş markazi hamda Özbekistonning Germaniyadagi elçixonasi yaqindan kömaklaşdi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston milliy kinokomissiyasi 2018 yilda Özbekiston prezidentining milliy kinoindustriyani rivojlantirişga doir qaroriga muvofiq taşkil etilgan edi.











