AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ moliya vazirining taşqi işlar böyiça örinbosari Devid Melpas nomzodini Jahon banki rahbari lavozimiga ilgari surişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Politico manbalarga tayangan holda xabar berdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, Melpas özining konservativ qaraşlari bilan maşhur.
Ta'kidlanişiça, iqtisodçi, şuningdek, Jahon banki kabi xalqaro taşkilotlar «bezor qiladigan» idoralarga aylangan, deb hisoblaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq OAV Ivanka Tramp Jahon banki rahbariga aylanişi mumkin ekani haqida xabar qilgandi.












