AQŞ prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Jahon banki rahbariga aylanişi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» Financial Times’ga tayangan holda xabar qilmoqda.

Şuningdek, uşbu lavozimga da'vogarlar orasida AQŞning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli ham bor.

Qayd etilişiça, naşr uşbu ma'lumot manbasini körsatmagan.

Ta'kidlanişiça, Jahon bankining amaldagi rahbari Jim Yen Kim 1 fevral kuni öz lavozimini tark etadi. Ijroçi direktor Kristalina Georgiyeva taşkilot prezidenti vazifasini bajaruvçiga aylanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jahon banki dunyodagi iqtisodiy ösiş prognozini pasaytirgani, ammo Özbekiston uçun prognozni tasdiqlagani xabar qilingandi.