Moliya vazirligi Hay'atining 2018 yil yakunlariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişida Davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi va uning hududiy boşqarmalari tomonidan amalga oşirilgan nazorat tadbirlari muhokama qilinib, Boş boşqarmaning 2019 yildagi vazifalari belgilab olindi.
Moliya vazirligi xabariga köra, 2018 yilda Davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi va uning hududiy boşqarmalari tomonidan Iş rejasi, hukumat va huquqni muhofaza qiluvçi organlarning topşiriqlari asosida 7 047 ta nazorat tadbirlari ötkazildi.
Ötkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 539,3 mlrd. söm miqdorida budjet intizomini buziliş holatlari va boşqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi va 2017 yilda ötkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan (534,1 mlrd.söm) miqdorga teng böldi.
Nazorat tadbirlarining asosiy qismi, 5 575 tasi (79,1%) budjet intizomiga rioya etilişi va mablağlarning maqsadli foydalanilişi yuzasidan ötkazilgan bölib, nazorat tadbirlarida 68,1 mlrd. söm budjet intizomini buziş, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi, maqsadsiz va asossiz mablağlar sarflanişi aniqlanib, 51,1 mlrd. sömi (75%) budjetga tiklanişi ta'minlandi.
2017 yilda ötkazilgan 11 510 ta nazorat tadbirlarida budjet qonunçiligini buziş holatlari 91,1 mlrd. sömni taşkil etib, şundan 72,2 mlrd. sömi (79%) budjetga tiklangan.
Budjet qonunçiligini buziş holatlari Davlat budjeti xarajatlarning 2017 yilda 0,18 foiziga teng bölsa, bu körsatkiç 2018 yilda 0,09 foizni taşkil etib, 2 martaga kamaygan.
Vazirlik va idoralar kesimida eng köp miqdorda aniqlangan qonunbuziliş holatlari:
Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida qonunbuziliş holatlari miqdori 17,1 mlrd. sömni taşkil etib, şundan 13,1 mlrd sömi (77%) budjetga tiklandi;
Xalq ta'limi vazirligi tizimida qonunbuziliş holatlari miqdori 10,9 mlrd.sömni taşkil etib, şundan 9,0 mlrd sömi (83%) budjetga tiklandi;
Oliy va örta maxsus ta'limi vazirligi tizimida qonunbuziliş holatlari miqdori 6,6 mlrd.sömni taşkil etib, şundan 4,5 mlrd. sömi (68%) budjetga tiklandi;
Maktabgaça ta'limi vazirligi tizimida qonunbuziliş holatlari 5,4 mlrd.sömni taşkil etib, şundan 4,4 mlrd. sömi (81%) budjetga tiklandi.
Mahalliy budjetlardan mablağ bilan ta'minlanadigan muassasalarda köp miqdorda aniqlangan qonunbuziliş holatlari:
Farğona viloyatida – budjet taşkilotlaridagi qonunbuziliş holatlari 6,2 mlrd.sömni taşkil etib, şundan 3,9 mlrd. sömi (62%) budjetga tiklandi;
Andijon viloyatida – budjet taşkilotlaridagi qonunbuziliş holatlari 5,6 mlrd. sömni taşkil etib, şundan 5,0 mlrd. sömi (89%) budjetga tiklandi;
Surxondaryo viloyatida – budjet taşkilotlaridagi qonun-buziliş holatlari 4,3 mlrd. sömni taşkil etib, şundan 3,7 mlrd. sömi (83%) budjetga tiklandi;
Samarqand viloyatida – budjet taşkilotlaridagi qonunbuziliş holatlari 3,4 mlrd. sömni taşkil etib, şundan 3,1 mlrd. sömi (90%) budjetga tiklandi.
2018 yilda mahalliy budjetlarning tuzilişi va ijrosi yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasida, Andijon, Buxoro va Navoiy viloyatlarida keng qamrovli nazorat tadbirlari ötkazildi.
Davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi va uning hududiy boşqarmalari tomonidan budjet mablağlarining maqsadli sarflanişi yuzasidan nazorat tadbirlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ma'lumotlar bazasi vositasida kameral nazoratdan keng foydalanildi.
Davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi va hududiy boşqarmalari tomonidan «Davlat moliyasini boşqariş axborot dasturi» va budjet taşkilotlari bevosita işlaydigan «UzASBO dasturi» ma'lumotlaridan foydalangan holda 1691 ta muassasalarning xarajatlar smetasi va ştat jadvallarini tuzilişi yuzasidan kameral nazorati ötkazildi.
Kameral nazorat ötkazilgan muassasalardan 1409 tasida me'yoriy hujjatlarga amal qilmagan holda 26,8 mlrd. sömlik xato va kamçiliklarga yöl qöyilganligi aniqlanib, uşbu muassasalarga kiritilgan taqdimnoma va körsatmalar natijasida 15,7 mlrd. söm mablağlarning asossiz sarflanişini oldi olindi.
Budjet intizomini buzilişiga yöl qöygan budjet taşkilotlarining 201 nafar mansabdor şaxslari qonunçilikda örnatilgan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Budjet taşkilotlarining 2018 yil uçun xarajatlar smetasi va ştatlar jadvallarini tuzilişi va ularni me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan ötkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 17,6 mlrd. söm budjet mablağlarining noqonuniy va asossiz sarflanişini oldi olindi.
Şuningdek, nazorat tadbirlari yakunlari böyiça nazorat obektining e'tirozlarini xolisona körib çiqiş va baho beriş uçun Davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi va uning hududiy boşqarmalarida Nazorat komissiyalari taşkil etildi.
Uşbu Nazorat komissiyalarining 149 ta majlislarida 1068 ta budjet muassasalarda ötkazilgan tekşirişlar böyiça nazorat obektning e'tirozlari körib çiqilib, ularga xolisona tuşuntirişlar berildi.
Davlat moliyaviy nazorati boş boşqarmasi tomonidan davlat maqsadli jamğarmalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamğarmalari mablağlarini maqsadli sarflanişi yuzasidan ötkazilgan 1472 ta nazorat tadbirlarida 357,8 mlrd. söm miqdorida moliyaviy qonunbuziliş holatlari va asossiz xarajatlar aniqlangan bölib, şundan 236,7 mlrd. sömni tiklanişi ta'minlandi.
Şuningdek, hukumat va huquqni muhofaza qiliş organlarining qarorlari va topşiriqlariga asosan 205 ta xöjalik yurituvçi sub'yektlarda moliyaviy xöjalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbirlari ötkazilgan bölib, aniqlangan 113,4 mlrd. söm miqdoridagi moliyaviy qonunbuziliş holatlari böyiça nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy çora köriş uçun huquqni muhofaza qiliş organlariga yuborildi.
Bundan taşqari, «Obod qişloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari mablağlarini maqsadli sarflanişi, «Jamoat işlari» jamğarmasi va «Yoşlar-kelajagimiz» jamğarmasi mablağlarini maqsadli sarflanişi yuzasidan nazorat tadbirlari ötkazilib, Vazirlar Mahkamasiga axborotlar kiritilgan.












