Bu prezident tomonidan 17-avgust kuni imzolangan ÖRQ–1168-son qonunda belgilandi. Hujjat bilan tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlariga oid qonunçilikka qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan.

Qonunga muvofiq, nazorat qiluvçi organlar tadbirkorlik sub’yektlarida tekşiruv ötkazişda «Xavfni tahlil qiliş» elektron tizimidan foydalanadi. Uşbu tizim natijalari asosida tadbirkorlar faoliyati xavf darajasiga qarab past, örta va yuqori toifalarga ajratiladi.

Bunda nazorat qiluvçi organlar tekşiruv ötkaziş vakolatiga ega mansabdor şaxslar, tekşiriladigan sohalar va tekşiruvlarni ötkaziş uçun ruxsat beriladigan maxsus guvohnomaga ega xodimlar haqidagi ma’lumotlarni maxsus reyestrlarga kiritişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, tadbirkorlik sub’yekti faoliyatida qonunbuziliş sodir etilişi xavfi darajasidan kelib çiqib, nazorat çoralari belgilanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tekşiruv Biznes-ombudsman xabardor qilinganidan söng ötkaziladi.

Nazorat qiluvçi organlar tomonidan tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy sanksiya qöllaş tartibi ham aniqlaştirilgan. Xususan, moliyaviy sanksiya qöllaş töğrisidagi qarorni tadbirkor ixtiyoriy ravişda bajariş uçun unga qaror qabul qilingan kundan boşlab 10 kunlik muddat beriladi.

Agar tadbirkor moliyaviy sanksiya summasining 50 foizini 10 kun içida ixtiyoriy ravişda tölasa, qolgan qismini tölaşdan ozod etiladi. Mazkur tartib tadbirkor moliyaviy sanksiya qöllaş haqidagi qaror ustidan şikoyat qilmagan taqdirda amal qiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.