Quriliş vazirligi Kun.uz tomonidan e’lon qilingan «Qurilişdagi samarasiz nazorat: Newport misolida tizimli muammoga nazar» maqolasiga munosabat bildirdi.
Maqolada quriliş sohasidagi nazorat, noqonuniy ob’yektlar, mas’ullarning javobgarligi hamda bunday uylardan xonadon sotib olgan fuqarolar huquqlari muhokama qilingan, şuningdek, Newport majmuasi misolida qurilişga mas’ul davlat organlari tomonidan yetarli nazorat örnatilmagani haqida fikrlar bildirilgan edi.
Vazirlik tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilişiça, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi tomoidan bir muddat avval e’lon qilingan ma’lumotlar ob’yektdagi qoidabuzarliklar nazoratsiz qoldirilmaganini körsatadi.
«Yakkasaroy tumanida “MEGA LOGISTICS SERVICE” MÇJ tomonidan qurilayotgan Newport majmuasi jami 9 ta blokdan iborat. Ularning 3 tasi böyiça Arxitektura va şaharsozlik kengaşi işçi organining ijobiy xulosasi hamda tegişli ekspertiza xulosalari mavjud. Uşbu bloklarda quriliş-montaj işlarini boşlaş Toşkent şahar hududiy nazorat inspeksiyasida belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilgan.
Qolgan 6 ta blokda esa quriliş-montaj işlari Inspeksiyadan belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilmasdan olib borilayotgani nazorat tadbirlari davomida aniqlangan.
Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmaçi - “MEGA LOGISTICS SERVICE” MÇJga bir neça marta bajarilişi majburiy bölgan yozma körsatmalar berilgan. Kompaniyadan qurilişni tasdiqlangan şaharsozlik hujjatlari asosida davom ettiriş va ob’yektlarni Inspeksiyadan tegişli tartibda röyxatdan ötkaziş talab qilingan.
Biroq körsatmalarda belgilangan talablar bajarilmagan. Natijada kompaniyaning mas’ul mansabdor şaxslari ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Şuningdek, buyurtmaçining texnik nazoratçisiga nisbatan taqdimnoma kiritilib, tegişli ta’sir çoralari qöllangan», deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanişiça, şu bilan çoralar çeklanib qolmagan.
«Inspeksiya töplagan hujjatlar qoidabuzarliklarga huquqiy baho beriş va qonunçilikda belgilangan çoralarni köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan. Aynan mana şu bosqiçda jamoatçilikka mazkur xabarlar e’lon qilingan va uning ortidan turli mulohazalar paydo bölgan. Şu nuqtai nazardan, Newport majmuasidagi qurilişlar nazorat organlari tomonidan umuman e’tiborsiz qoldirilgan, degan xulosa holatning barça jihatlarini töliq aks ettirmaydi. Ob’yektdagi qoidabuzarliklar aniqlangan, buyurtmaçiga majburiy körsatmalar berilgan, mas’ul şaxslar javobgarlikka tortilgan va materiallar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan», deyiladi bayonotda.








