Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukumati 2018 yilda BAA va Turkiyaga 73 tonna oltin sotgan. Bu haqda mamlakat parlamentidagi muxolif deputat Karlos Paparoni ma'lum qildi.
Uning ta'kidlaşiça, Maduro ma'muriyati 4 fevraldan beri Yevropa Ittifoqi banklaridagi hisobraqamlari örtasida pul ötkaza olmayapti.
Avvalroq muxolifat mamlakat rahbariyatini Rossiyaga 20 tonna oltin olib çiqişga urinişda gumon qilgan. Kremlda Moskvada Karakasning bunday rejalari haqida ma'lumot yöqligi aytilgan. Keyinroq Reuters axborot agentligi öz manbalariga tayanib, Venesuela hukumati BAAga 15 tonna oltin sotmoqçiligini, bu hajmdan 3 tonnasini 26 yanvarda sotib bölganini ma'lum qilgan. 2 fevralda esa BAAning Noor Capital kompaniyasi Venesuela markaziy bankidan 3 tonna oltin sotib olganini ma'lum qilgan.
Bloomberg axborot agentligi Venesuela hukumati yana 20 tonna oltin sotişni rejalaştirgani, biroq uşbu bitim jamoatçilikning e'tiboriga tuşgandan keyin qoldirilganini ma'lum qilgan.













