Amerikalik professional boksçi Floyd Meyvezerning ma'lum qilişiça, Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) bilan bir milliard dollarlik şartnoma imzolaşi mumkin. Bu, agar u oktagonda jang qilişga rozi ekani haqida taşkilot prezidenti Dana Uaytga aytganida, yuz berardi.

«Men hozirning özida UFC’ga borişim mumkin. Uç yoki törtta jang, bir milliardlik şartnoma. Buni faqat xohlasam böldi», - deya sobiq sportçining sözlarini keltiradi TMZ.

Şuningdek, Meyvezerning tan olişiça, hozir özida bunday pulga ehtiyoj yöq.

«Rostini aytaman, ajoyib hayotga egaman. Aqlli sarmoyalar. Har oy özim xohlagan narsani sotib olişim mumkin», - deya qöşimça qilib ötdi u. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov va Meyvezer örtasidagi jang bir milliard dollarga baholangandi.