«Liverpul» hujumçisi Muhammad Salohga «Yuventus» qiziqiş bildirmoqda, deb xabar tarqatdi Don Balon.

Manbaga köra, turinliklar yozda hujumçi Paulo Dibala jamoani tark etgan taqdirda, uning örnini 26 yoşli misrlik futbolçi bilan töldirişni rejalaştirmoqda.

Qayd etilişiça, «Yuve» Saloh uçun 200 mln yevro tölaşga tayyor.

Eslatib ötamiz, «Liverpul» Muhammad Salohni 2017 yili «Roma»dan 42 mln yevroga sotib olgandi. Uning mersisaydliklar bilan bitimi 2023 yilgaça möljallangan.

Saloh joriy mavsumda 34ta öyin ötkazib, 20+8 mahsuldorlik natijasini qayd etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Yuventus» Dibalaning örniga ikki futbolçi nomzodini körib çiqayotgani xabar qilingan edi.