«Özbektelekom» AK 2019 yil 1 martdan «Telekommunikatsiya universal xizmatlari tariflarining çegara darajalari» preyskurantiga muvofiq belgilanadigan telekommunikatsiya universal xizmatlari tariflari özgarişi haqida ma'lum qildi.
Kiritilgan özgarişlarga muvofiq, şahar va qişloq telefon tarmoği abonentlari asosiy telefon apparatidan foydalanganligi uçun abonent tölovi miqdori oşirildi.
Şu qatorda, telefon aloqasi xizmati uçun abonent tölovi va vaqtbay tölov tizimi uçun hisob-kitob tizimi soddalaştirildi va keçki vaqt hamda dam oliş (şanba, yakşanba, bayram) kunlari mahalliy va şaharlararo telefon tarmoqlariga amalga oşiriladigan qönğiroqlar uçun pasaytirilgan koeffitsiyentlar bekor qilindi.
Bundan taşqari, xonadonlar telefoni va mehmonxonalarda istiqomat qiluvçi fuqarolar uçun örnatilgan telefonlardan kreditga taqdim etiladigan sözlaşuvlarda har bir sözlaşuv uçun ustama miqdoridagi tölov haqi bekor qilindi.
Kompaniyadan ma'lum qilinişiça, boşqa universal xizmatlar tariflari oldingi holida saqlangan. Şuningdek, telefon tarmoğiga ulaş uçun röyxatga oliş tölovi va telefondan foydalanişdagi tölovlarga örnatilgan imtiyozlar öz kuçini saqlab qoladi.
Eslatib ötamiz, 2018 yil 10 sentyabrdan töqqiz xonali raqamlaş tizimiga ötiş va «şaharlararo telefon aloqasi» xizmatlarini soddalaştiriş munosabati bilan mahalliy va şaharlararo aloqa xizmatlari uçun masofaga boğliq bölmagan holda örnatilgan limitda oyiga 180 daqiqadan ortiq sözlaşuvning har bir töliq yoki notöliq daqiqasi uçun 12 söm miqdorida yagona tarif belgilangan













