Özbekiston Respublikasi birinçi Prezidentining nabirasi, ayni paytda Londonda istiqomat qilayotgan Islom Karimov özining Instagram'dagi sahifasida Şavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, unga iltimosnoma yöllagan. 

«Tuşunarsiz sabablarga köra, onamga insonga xos bölmagan bosim bölyapti va uning oldiga şifokorlar qöyilmayapti»,  – deydi kiçik Karimov. 

Uning aytişiça, ijroçilardan kimgadir «mavjud savollarning xotirjam yopilişi» yoqmayapti. 

«Bolaligimizdan bizga ma'lum kişi sifatida, özini bobomning şogirdi, deya e'tirof etgan Özbekiston Prezidentidan iltimos qilaman: «Bizga e'tibor qiling va singlim hamda bizni tinglang! Singlim onam bilan birga bölişiga töğri keldi va uning yurak salomatligi yaxşi emas, şu holatda ham şifokorlar uning oldiga qöyilmayapti. Men onam va singlimning soğliğidan xavotirdaman», – deydi u.

Boş prokuratura matbuot kotibi esa Gulnora Karimovaga nisbatan bosim mavjud emasligini ta'kidlamoqda. Bildirilişiça, u şifokor körigidan ötişiga heç qanday tösiq yöq. 

Eslatib ötamiz, 2017 yil Boş prokuratura Karimova işi böyiça ayrim tafsilotlarni bayon qilgandi. Unga köra, Gulnora 2015 yildayoq bir qator jinoyatlarni sodir etişda ayblanib, jazoni ötamoqda.