Har yili dunyo böylab global yalpi içki mahsulotning 2 foizidan 5 foizigaça bölgan miqdorda pul yuviladi. Buni summaga çaqsak, real körsatkiç 2,3 trln dollardan 5,8 trln dollargaça yetişi mumkin. Korrupsiya, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoiy yöllar bilan töplangan “qora” pullar qanday qilib “oqartiriladi?” Nega Kayman orollari, Kipr va Britaniya Virjiniya orollari kabi ofşor hududlar dunyo boylarining sevimli manziliga aylangan?

Migel – Lotin Amerikasidagi keng tarmoqli narkokartel rahbari. U jinoyatçilik ortidan millionlab dollar pul töplagan.

Andrey esa – yuqori lavozimda işlovçi amaldor, katta bir taşkilot rahbari. U qurib bitkazilgan uylarga litsenziya beradi. Millionlab dollar aktivlarga ega yirik kompaniyalar Andrey bilan hisoblaşişga majbur – qoidasi şunaqa, yöqsa qurgan binosini heç kimga sota olmaydi. Uning çet davlatlarda qöşa-qöşa uy va villalari borligi haqida miş-mişlar yuradi.

Jyek – oxirgi yillarning eng muvaffaqiyatli tadbirkorlaridan biri. Kremniy vodiysidagi texnologik korporatsiyaning milliarder egasi.

Ta’riflaganimiz bu uç xil odamni bitta narsa birlaştirişi mumkin – noqonuniy topilgan daromadlar.

Migelda bankka qöyib bölmaydigan bir neça qop pul bor. Andrey pora evaziga boylik töplagan, ularni yaşirişi kerak. Jyek esa olingan foydasini soliq xizmatidan berkitiş haqida öylayapti.

BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi hisob-kitoblariga köra, har yili dunyo böylab global yalpi içki mahsulotning 2 foizidan 5 foizigaça bölgan miqdorda pul yuviladi. Foizni raqamlar körinişiga keltiradigan bölsak, real körsatkiç 2,3 trln dollardan 5,8 trln dollargaça yetişi mumkin. Taqqoslaş uçun, faqatgina ikkita davlat – AQŞ va Xitoyning yalpi içki mahsuloti 5,8 trln dollarda kattaroq.

Yana bir paradoks şundaki, global moliya tizimi orqali yuviladigan jinoiy daromadlarning atigi 0,2 foizi muzlatiladi va musodara qilinadi. Qolgan 99,8 foizi muvaffaqiyatli tarzda qonuniy iqtisodiyotga aralaştirib yuboriladi.

Xöş, korrupsiya, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoiy yöllar bilan olingan “qora” pullar qanday qilib “oqartiriladi?” Nega Kayman orollari, Kipr va Britaniya Virjiniya orollari kabi hududlar dunyo boylarining sevimli manziliga aylangan?

“Sodda iqtisodiyot” ruknida bu gal Al Kaponening kirxonalari va Gulnora Karimovadan tortib, Apple'ning "arvoh ofislari"gaça bölgan murakkab sxemalarni oddiy tilda tuşuntirib beramiz.