Şveytsariya Federal jinoyat sudi boş ofisi Jyenevada joylaşgan Lombard Odier bankini Gulnora Karimova bilan boğliq pul yuviş jinoyatining amalga oşirilişiga yöl qöyib berganlikda aybdor deb topib, 3 mln frank (3,68 mln dollar) miqdorida jarima jazosini qölladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Sud izohiga köra, Lombard Odier tomonidan pul yuvişning oldini olişga qaratilgan “barça zaruriy va lozim darajadagi taşkiliy çoralar körilmagani” tufayli bankka jarima solişga qaror qilingan.

Lombard Odier'ning sobiq xodimi (hujjatlarda C. deb tilga olingan) 24 oylik şartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bundan taşqari, sud hukmiga asosan, 400 mln frank (qariyb 490 mln dollar)dan ortiq aktivlar musodara qilinadi.

Sud bank va uning sobiq xodimiga nisbatan jazo tayinlaşda 2011 yil iyul oyidan oldingi hodisalarni da’vo muddati ötib ketgani sababli ayblovdan çiqarib taşlagan.

Lombard Odier sud hukmiga munosabat bildirarkan, 2012 yilda mazkur jinoyat işining qözğatilişiga aynan bankning özi tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga şubhali operatsiyalar haqida xabar berilgani asos bölganini bildirdi. Bank öşa paytda ham pul yuvişga qarşi samarali içki nazorat tizimlari mavjud bölganini bildirib, sud hukmi ustidan şikoyat qilişini ma’lum qildi.

Mazkur iş böyiça prokurorlarning ayblov xulosasida Özbekiston birinçi prezidentining qizi Gulnora Karimova poraxörlikda, “Ofis” nomli uyuşgan jinoiy tuzilmani boşqarişda va noqonuniy yöllar bilan orttirilgan millionlab dollar mablağlarni 2005-2013 yillarda Şveytsariyadagi hisobvaraqlarga köçiriş orqali yuvişda ayblangan.  Özbekistonda jazo ötayotgan Karimovaning özi esa barça ayblovlarni rad etgan.

Şveytsariya Federal jinoyat sudidagi uşbu mahkama joriy yil aprel oyida boşlangan edi. Ilk sud majlislarida işning Gulnora Karimovaga oid qismi uning özi sud protsessida iştirok etmayotgani sababli iş yurituvidan töxtatilgan.

Şuningdek, Karimovaning Rossiyada yaşaşi aytiladigan, hujjatlarda B. initsiali bilan belgilangan biznes şerigini ham sudga jalb etiş imkoni bölmagani tufayli, işning unga oid qismi ham töxtatilgandi.