Özbekiston va Şveytsariya örtasidagi Restitutsiya bitimi doirasida “Işonç” jamğarmasi hisobidan moliyalaştirilgan ilk soğliqni saqlaş dasturi yakunlandi. Loyiha doirasida onalik va bolalikni muhofaza qiliş tizimini rivojlantiriş uçun 43,5 million AQŞ dollari yönaltirildi, deb xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Eslatib ötamiz, “Işonç” jamğarmasi Özbekiston va Şveytsariya hukumatlari örtasidagi Restitutsiya bitimi asosida taşkil etilgan bölib, birinçi prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning noqonuniy aktivlarni Özbekiston aholisi manfaatlari yölida şaffof va hisobdorlik tamoyillari asosida sarflaşni nazarda tutadi. 

Xabarga köra, 2023 yil sentabr oyida boşlangan “Har bir ona va bola yaşaydi hamda rivojlanadi: Özbekistondagi perinatal markazlarda onalar va bolalar ölimini qisqartiriş” loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur dastur “Işonç” jamğarmasi tomonidan moliyalaştirilgan ilk loyiha bölib, UNICEF, UNFPA hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) hamkorligida amalga oşirildi. Loyiha doirasida 43,5 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağ onalik va bolalikni muhofaza qiliş tizimini rivojlantiriş, perinatal xizmatlar sifatini oşiriş hamda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga yönaltirildi.

Dastur doirasida respublika böylab 231 ta perinatal muassasa zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Xususan, qariyb 31 million AQŞ dollaridan ortiq mablağ evaziga inkubatorlar, sun’iy nafas oldiriş apparatlari, anesteziya tizimlari va boşqa zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilinib, hududlardagi perinatal markazlarga yetkazib berildi.

Şuningdek, 80 mingdan ortiq tibbiyot xodimi zamonaviy perinatal yordam, murakkab homiladorlik holatlarini boşqariş, muddatidan oldin tuğilgan çaqaloqlarni parvarişlaş hamda laboratoriya diagnostikasi böyiça malaka oşirdi.

Loyiha doirasida onalik va yangi tuğilgan çaqaloqlarga tibbiy yordam körsatiş böyiça 49 ta klinik protokol işlab çiqildi yoki yangilandi.