13 fevral kuni Toşkent viloyati Zangiota tumani Quyoşli qörğonida joylaşgan balandligi 235 metrlik ikkita antenna maçta inşooti murakkab uslubda demontaj qilindi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, 2002 yilda uzun va örta tölqinlarda radioeşittirişlar töxtatilganidan buyon uşbu antenna maçta inşootlari işlatilmayotgandi.
Ulkan antennalarning demontaj qiliş işlari oldidan uşbu hudud aholisi ogohlantirilib, tuman hokimligi, favqulodda vaziyatlar va içki işlar, yonğin xavfsizligi bölimlari, tez tibbiy yordam, elektr va gaz ta'minoti xizmati mutaxassislarini jalb etgan holda, barça ehtiyot va xavfsizlik çoralari körilgan. Uşbu antennalar joylaşgan mazkur hudud endi Mudofaa vazirligi tasarrufiga ötkazilib, bu yerda zamonaviy harbiy şaharça qad kötaradi.

Ötgan asrda radioeşittiriş tizimlari asosan uzun va örta tölqinlarda, qisman qisqa tölqinlarda taşkil etilar edi. Toşkent viloyati Zangiota tumani Quyoşli qörğoni yonidagi katta quvvatli radiostansiya öz vaqtida uzun tölqinlarda radioeşittiriş signallarini tarqatişga moslaştirilgan edi. Uşbu radiostansiya hududida ötgan asrning 80-yillari boşida balandligi 235 metrlik ikkita maçtalar orasiga uzun tölqinlarni tarqatuvçi radioantenna tizimi qurilgan.
Radioeşittirişlarning uzun (çastotasi 148,5 – 408 kGs, tölqin uzunligi 2020 – 735 metr) va örta (çastotasi 526,5 – 1606,5 kGs, tölqin uzunligi 570 – 186 metr) tölqinlar diapazonlarida keng rivojlanişining asosiy sabablari öşa davrdagi radiolampalar va tranzistorlar yordamida aynan uşbu diapazonlarda işlovçi arzon radio qabul qilgiçlarni köp miqdorda işlab çiqariş imkoniyati bölgan. Şuningdek, mazkur diapazonlarda işlovçi yuqori quvvatli radioeşittiriş uzatgiçlari tarqatayotgan radiotölqinlar yer şari egriligi böylab, nisbatan ança uzoq masofalarga tarqala olgan.

Xabarda aytilişiça, uzun tölqinlarda 10 – 20 radiostansiyalargina işlaşi mumkin edi. Analog signal sifati nisbatan past va turli xalaqitlar ta'siri yuqori bölganligi bois, dunyo miqyosida uzun tölqinlarda radioeşittiriş qisqarib bormoqda. Jumladan, Ukraina, Armaniston, Belarus, Gruziya, Ozarboyjon, Moldaviya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikistonda uzun tölqinlarda radioeşittiriş töxtatilgan.

















