Toşkent viloyati, Zangiota tumanidagi Sobir Rahimov — Örtaovul stansiyalari oraliğida joylaşgan, transport harakatida noqulayliklar keltirib çiqarayotgan temiryöl kesişmasi örnida zamonaviy yöl ötkazgiç qurilişi boşlandi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» AJ xabar berdi.

Qayd qilinişiça, taşabbus hudud aholisi uçun uzoq yillar davomida dolzarb bölib kelgan transport muammolarini hal etişga qaratilgan. Rejaga köra, mavjud temiryöl kesişmasi örnida uzunligi 23,6 metr bölgan zamonaviy yöl ötkazgiç barpo etiladi.

Ta’kidlanişiça, inşoot foydalanişga topşirilgaç, transport oqimining uzluksizligi ta’minlanadi, tirbandliklar sezilarli darajada kamayadi hamda aholi va haydovçilar uçun yanada qulay va xavfsiz harakatlaniş şaroiti yaratiladi.