Buyuk Xitoy devori yölaklarida kuçli qor tufayli xavfli muz qatlami paydo böldi, bu diqqatga sazovor joyga taşrif buyurişni qiyinlaştirmoqda, deb xabar beradi Metro.

Guvohlar devor böylab sirğanib ketayotgan sayyohlarni kameraga muhrlaşdi. Videoda taşrif buyuruvçilardan biri toşloq qiyalikdan pastga sirpanib ketayotgani va muzlab qolgan çorqirra toş ustida ötirgan dugonasiga kelib urilganini köriş mumkin. Keyingi kadrlarda diqqatga sazovor joyga kötarilişi maqsadida bölgan bir neça turist tutqiçni mahkam uşlab olgani tasvirlangan. Biroq, ba'zi sayyohlar tizzaga yiqilgan hamda tepaga tizza va kaftlarni yerga qöygan holda emaklab çiqqan.

2018 yil avgustida Airbnb turar-joyni onlayn bronlaş xizmati öz mijozlari tunni Buyuk Xitoy devorining minoralaridan birida ötkazişi mumkinligi haqida ma'lum qildi, u yerda qulay xona jihozlanişi aytilgandi.