Doğiston poytaxti Maxaçqal’ada köp qavatli uy tomidan qulagan muz yölakda bola kötarib ketayotgan ayolning boşiga tuşdi. Ayol şoşilinç ravişda kasalxonaga yotqizildi.

3 mart kuni yuz bergan voqea binodagi kuzatuv kameralariga tuşib qolgan. Voqea guvohlari ayolga yordamga kelgan. Kasalxonada unga oçiq boş miya jarohati taşxisi qöyildi. Ayolning ahvoli örtaça oğirlikda deb baholandi. Bola esa faqat tirnalişlar bilan jarohatlangan.

Rossiyaning Doğiston böyiça Tergov qömitasi matbuot xizmati holat yuzasidan jinoiy iş qözğatilgani haqida xabar berdi.

Tergovçilar ehtiyotsizlik moddasi böyiça tekşiruv olib bormoqda. Unda maksimal jazo yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni nazarda tutadi.

Qömita matbuot xizmati fuqarolarni ob-havo özgarişi bilan boğliq xavf-xatarlardan ogohlantirdi hamda uy-joy kommunal xizmat körsatiş taşkilotlari va hokimiyat organlari binolarning tomlarini sumalak, qor va muzliklardan öz vaqtida tozalaşi zarurligini qayd etdi.