Vazirlar Mahkamasining “Magistral va multiservisli ma'lumotlar uzatiş tarmoqlarini kengaytiriş” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi böyiça takomillaştiriş” investitsiya loyihalari böyiça texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Hujjat Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 noyabrdagi “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari kreditiga xizmat körsatiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 951-son qarori hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Yaponiya tijorat banklari kreditlarini jalb qilgan holda respublikada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş maqsadida qabul qilindi.

Qayd etilişiça:

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 noyabrdagi “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari kreditiga xizmat körsatiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 951-son qarori bilan “Magistral va multiservisli ma'lumotlar uzatiş tarmoqlarini kengaytiriş” loyihasining magistral tarmoqni optik kanallarini ziçlaştiriş (DWDM) texnologiyasi va raqamli radiorele qurilmalari texnologiyasini kengaytiriş hamda “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi böyiça takomillaştiriş” loyihalarini amalga oşiriş nazarda tutilgan;

“Magistral va multiservisli ma'lumotlar uzatiş tarmoqlarini kengaytiriş” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi böyiça takomillaştiriş” investitsiya loyihalarining umumiy qiymati 38 041,90 ming AQŞ dollari ekvivalentini, şu jumladan, 28 488,43 ming AQŞ dollari - uskuna va xizmatlarning şartnoma qiymati, 8 537,73 ming AQŞ dollari - Özbekiston Respublikasining loyihani amalga oşirişdagi hissasi bojxona imtiyozlari tarzida, 1 015,74 ming AQŞ dollari — investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar va boşqa sarf-xarajatlar;

“Özbektelekom” AK “Magistral va multiservisli ma'lumotlar uzatiş tarmoqlarini kengaytiriş” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi böyiça takomillaştiriş” loyihasi böyiça tender savdolari ğolibi - “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi (Yaponiya) bilan qiymati 3 276 169 298,00 yapon yyeni miqsoridagi (28 488 428,68 AQŞ dollari ekvivalentida) şartnoma tuzilgan;

Investitsiya loyihasining moliyalaştiriş manbai sifatida Özbekiston Respublikasi hukumati kafolati ostida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Yaponiyaning tijorat banklari mablağlari belgilangan.

Qaror bilan quyidagilar:

“Magistral  va multiservisli ma'lumotlar uzatiş tarmoqlarini kengaytiriş” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi böyiça takomillaştiriş” investitsiya loyihalari böyiça texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;

“Magistral  va multiservisli ma'lumotlar uzatiş tarmoqlarini kengaytiriş” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi böyiça takomillaştiriş” investitsiya loyihalari böyiça Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki (JBIC) kreditini qaytariş böyiça prognoz grafigi;

“Magistral va multiservisli ma'lumotlar uzatiş tarmoqlarini kengaytiriş” loyihasining raqamli radiorele qurilmalari qismi va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi böyiça takomillaştiriş” investitsiya loyihalari böyiça Yaponiyaning “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” (SMBC) banki kreditini qaytariş böyiça prognoz grafigi tasdiqlandi.