Elektron OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Milliy gvardiya hamda içki işlar organlari xodimlari tomonidan ötkazilgan tekşiruv tasvirlangan video tarqaldi.

Unda Farğona viloyati Qöqon şahridagi köngiloçar joylardan birida ötkazilgan tekşiruvda Milliy gvardiya xodimi binoning karaoke xonasiga kirib, yostiq ostiga piçoq qöyib xonadan çiqib ketgani, keyin xonaga boşqa xizmat vakillari bilan kirib tekşiruv ötkazilgani va piçoq “foş” etilgani aks etgan. 

ÖzA uşbu holat böyiça Milliy gvardiya matbuot xizmati rahbari Davron Jumanazarov bilan boğlandi. Uning qayd etişiça, bu holat haqiqatdan Farğona viloyati Qöqon şahrida sodir bölgan. Mazkur voqea böyiça Milliy gvardiya rahbariyati öşa vaqtning özidayoq xabardor qilingan.

Matbuot xizmati boşliği ta'kidlaşiça, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan xizmat tekşiruvi olib borilmoqda. Mazkur harbiy xizmatçi F.Ş.ga nisbatan albatta tegişli jazo çorasi köriladi va Milliy gvardiya safidan çetlaştiriladi.

Har qanday salbiy xatti-harakatlar sodir etgan harbiy xizmatçilarga Milliy gvardiya Qömondonligi tomonidan qattiq çoralar köriladi. Milliy gvardiya safida yurt tinçligi, xalq osoyiştaligi uçun fidoyi bölganlar xizmat qiladi, deyiladi xabarda.