Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
O‘zbekiston Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa va Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyida xalqaro standartlar asosida restavratsiya ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Loyihalar YuNeSKO va ICOMOS bilan hamkorlikda olib borilishi mumkin.
Parij shahrida O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili Kamol Muxtorov ICOMOS bosh direktori Selin Noges-Veber bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda madaniy meros obektlarini asrash va restavratsiya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa saroyi hamda Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyida restavratsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari haqida ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, ishlar xalqaro standartlarga muvofiq tarzda va YuNeSKO hamda ICOMOS bilan yaqin hamkorlikda bajariladi.
ICOMOS vakillari mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Shuningdek, muzokaralarda O‘zbekistondagi YuNeSKO Butunjahon merosi obektlarini muhofaza qilish, Buxoro tarixiy markazining kompleks bosh rejasini ishlab chiqish hamda Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlari bo‘yicha yangi rejalar tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar muzokaralar yakunida O‘zbekiston va ICOMOS o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha memorandum ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldi.
Mavzuga oid
11:00
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026