Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Davlat soliq qömitasining “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşumni hisoblaş va soliqlar tölaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşumni hisoblaş va soliqlar tölaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanişi mumkin.

Uşbu Nizom, qonunçilikda yakka tartibdagi tadbirkor uçun ruxsat etilgan faoliyat turlari böyiça:

kalendar yilida tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşumi 100 million sömdan oşmagan qat'iy belgilangan soliq tölovçilarga;

kalendar yilida tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşumi 100 million sömdan oşgan, biroq bir milliard sömgaça bölgan yagona soliq tölovini tölovçi yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşumi kalendar yil davomida bir milliard sömdan oşgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan uşbu Nizom talablari tatbiq etilmaydi.

Uşbu toifadagi yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va majburiy tölovlarni yuridik şaxslar uçun nazarda tutilgan tartibda tölaydilar hamda buxgalteriya hisobini belgilangan tartibda yuritadilar.

Tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşumi bir milliard sömdan oşmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga oliş registrlarini yuritişlari şart.

Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga oliş registrlari va tovar çeklari kitobi şakllari Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasining 2019 yil 7 yanvardagi 2, 2019-05-son “Soliq hisobotining şakllarini tasdiqlaş töğrisida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan.

Bunda daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga oliş registrlari kitob (bundan buyon matnda kitob deb yuritiladi) şaklida tikiladi, uning birinçi varağida yakka tartibdagi tadbirkor töğrisidagi ma'lumotlar töldiriladi.

Kitobning keyingi varaqlarida faoliyat turidan kelib çiqib:

çakana savdo faoliyati bilan şuğullanuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlar harakati töğrisidagi registri;

tijorat faoliyati uçun çetdan tovarlar olib keluvçi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlar harakati töğrisidagi registri;

xizmat körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlarning körsatilgan xizmatlar harakati töğrisidagi registrlari öz faoliyati uçun lozim böladigan miqdorda (varaqda) tikiladi.

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni nazorat-kassa maşinalarini qöllamasdan amalga oşirişi mumkin bölgan faoliyat turlari bilan şuğullanadigan yakka tartibdagi tadbirkor ariza bilan tovar çeklari kitobini soliq organlariga taqdim etişi lozim.

Kitob va tovar çeklari kitobi soliq organi muhri bilan tasdiqlanadi.

Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga oliş registrlari yakka tartibdagi tadbirkorning berilgan arizasiga asosan, u röyxatdan ötkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi tomonidan röyxatdan ötkaziladi.

Öz faoliyatining xususiyatiga köra aholi bilan pulli hisob-kitoblarni nazorat-kassa maşinalarini qöllamasdan amalga oşirişi mumkin bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar çeklari kitobini yuritişlari şart.

Kitobdagi yozuvlar ularni töğriligini tasdiqlaş uçun, u bilan birga saqlanadigan hujjatlar asosida yuritiladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xarid qilingan tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) manbaini tasdiqlaydigan hujjatlar bölib quyidagilar hisoblanadi:

şartnoma;

tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) olinganligini tasdiqlovçi hujjat.

Quyidagilar tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilinganligini tasdiqlaydigan hujjat bölib hisoblanadi:

nazorat-kassa maşinasi umumiy körsatkiçi - nazorat-kassa maşinasi qöllanilişi orqali tovarlar sotilganda;

bank plastik kartoçkalaridan foydalangan holda tölovlar qabul qiliş böyiça hisob-kitob terminallari çeklari nusxalari – hisob-kitob terminali qöllanilganda;

tovar çeklari kitobi – tovar çeki berilganda.

Kitobga quyidagi yozuvlar kiritiladi:

Sotilgan tovarlar va körsatilgan xizmatlar rekvizitlari töğrisidagi (tovarlarni sotiş, körsatilgan xizmatlar, buyurtmalar manbaini tasdiqlaydigan hujjat, kirim hujjati, tölov hujjati, tovar kodi, ölçov birligi, xarid va xizmat narxi) ma'lumotlar kitobga şu kunning özida tegişli yozuvlar bilan qayd etiladi.

Kunlik sotilgan tovarlar va körsatilgan xizmatlar summasi nazorat-kassa maşinasi körsatkiçi bilan va (yoki) bank plastik kartoçkalaridan foydalangan holda tölovlar qabul qiliş böyiça hisob-kitob terminallari çeklari yoki yozilgan tovar çeklari summasi bilan mos tuşişi kerak.

Har bir mijozga tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilinganligi yuzasidan tovar çeklari kitobining alohida varağida aks ettiriladi. Tovar çeki kitobidagi varaqa ikki nusxada töldiriladi, bir nusxasi qirqib olinadi va xaridorga beriladi, boşqasi tovar çeklari kitobida tikilgan holda qoladi.

 

Bunda xaridorga beriladigan va özida qoladigan tovar çeki kitobidagi varaqasida barça yozuvlar aynan bir xil bölişi kerak.

Tovar çeki kitobidagi varaqalarda quyidagi yozuvlar:

yakka tartibdagi tadbirkorning STIR, F.I.O. va imzosi – tovar çeki kitobini soliq organida röyxatdan ötkaziş uçun taqdim etişgaça barça varaqlarda yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil ravişda;

qolgan yozuvlar – tovar çeki xaridorga berilişigaça sotiş, xizmat körsatiş va buyurtmalarni bajariş paytida kiritiladi.

Tovar çeklari kitobining varaqlari töldirilganda:

“Tovar, xizmat va buyurtma nomi” ustunida kitob böyiça tovarning (işlarning, xizmatlarning) qisqa nomi aks ettiriladi;

xaridorga sotiladigan har bir tovar, körsatiladigan xizmatlar va buyurtmalar alohida satrda aks ettiriladi. Agar bitta xaridorga sotiladigan tovarlar, körsatiladigan xizmatlar va buyurtmalarning barça nomini tovar çeklari kitobining bir varağida aks ettiriş imkoni bölmasa, bitta xaridorga sotiş bir neça varaqlarda rasmiylaştiriladi va unga bittadan köp tovar çeki beriladi;

tovar çeklari kitobi varağining töldirilmagan satrlari çizib qöyiladi;

narx, miqdor, son va summa töğrisidagi ma'lumotlar raqamlar bilan kiritiladi;

narx va summa töğrisidagi ma'lumotlar sömda körsatiladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga binoan, tovar çeklari kitobi tugaşiga qadar, faqat bitta yangidan röyxatdan ötkazişga ruxsat beriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni qat'iy belgilangan soliqqa tortiş tartibidan yagona soliq töloviga ötkaziş uçun soliq organlariga quyidagi belgilar asos bölişi mumkin:

yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan taqdim etiladigan soliq hisoboti;

xizmat körsatuvçi banklardagi hisobvaraqlarida 100 million sömdan oşgan biroq bir milliard sömgaça tovar aylanmani amalga oşirganligi töğrisidagi bank ma'lumotlari;

kameral nazorat natijasida yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan qiymati 100 million sömdan oşgan biroq bir milliard sömgaça bölgan tovarlarni sotib olinganligi;

davlat bojxona xizmati organlaridan olingan ma'lumotga köra summasi 100 million sömdan oşgan biroq bir milliard sömgaça bölgan tovarlarni import qilganligi;

belgilangan tartibda ötkazilgan xronometraj közdan keçiriş natijalari bilan tuşumi 100 million sömdan oşgan biroq bir milliard sömgaça ekanligi hisob-kitob qilingan holatda;

tegişli taşkilotlardan olingan boşqa ma'lumotlar asosida tuşumi 100 million sömdan oşgan biroq bir milliard sömgaça bölgan degan xulosaga kelinganda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşumi bir kalendar yildagi oylar davomida ösib boruvçi tuşumdan kelib çiqib aniqlanadi.

Faoliyatning bir neça turi bilan şuğullanuvçi yakka tartibdagi tadbirkor uçun barça faoliyatidan tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan jami tuşumidan kelib çiqib aniqlanadi.