Şimoliy Koreyada mamlakatning sobiq yetakçisi, amaldagi rahbari Kim Çen Inning otasi Kim Çen Irning 77 yillik tavallud ayomi – Porloq yulduz kuni keng nişonlandi. Bayram tantanalari mamlakat rahbariyati uçun bayram konserti bilan yakunlangan.

16 fevralda Şimoliy Koreyaning barça şaharlarida nişonlangan bayramda maydonlarda xalq sayllari va raqslar taşkillaştirildi. Pxenyanda asosiy tantanalar mamlakatning sobiq yetakçilari Kim Ir Sen va Kim Çen Irning ulkan haykallari örnatilgan Mansude tepaligida ötgan. Kun davomida bu yerga minglab şimoliy koreyaliklar avtobuslarda keltirilib, sobiq yetakçilar haykallari poyiga gullar qöyişgan.

Mamlakat yetakçisi Kim Çen In ertalabdan Kimsusan saroyiga taşrif buyurib, otasi xotirasini yod etgan. Bu yerdagi zallardan birida marhum rahbarning köplab mukofotlari, orden va medallari namoyişga qöyilgan. Kim Çen Ir Şimoliy Koreyaning 4 karra qahramoni hisoblanadi, unga ölimidan keyin generalissimus harbiy unvoni berilgan.     

Kim Çen Ir 2011 yil 17 dekabrda mamlakat böylab navbatdagi safari vaqtida maxsus poyezdda vafot etgan. Ayni vaqtda uning mumiyolangan jasadi şaffof tobutda Kimsusan yodgorlik majmuasida saqlanadi.