Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan “Muborak” dala öquv maydonida taşkil etilgan maşğulotlarda Rossiya Federatsiyasining harbiylari iştirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ma'lum qilinişiça, qöşinlarda jangovar tayyorgarlik maşğulotlarini zamonaviy talablarga köra taşkil etiş va ötkaziş, bu borada egallangan yangi taktik uslublar böyiça körgazmali öquv maşğulotlarida Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi harbiy mutaxassislari tomonidan qurol-aslaha, harbiy anjom va jangovar texnikalardan foydalanişda erişilgan innovatsion yutuq va ratsionalizatorlik takliflari namunalari namoyiş etilgan. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Kunduzgi va tungi şaroitlarda jangovar vazifalarni bajarişda qöllanadigan zamonaviy taktik uslub namunalari körgazmali tarzda namoyiş etildi. Mavzularga oid qator öquv filmlari körsatildi. Harbiy xizmatçilar kasbiy tayyorgarliklar böyiça özaro tajriba almaşdi», — deyiladi vazirlik axborotida. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ta'kidlanişiça, yiğin davomida jangovar tayyorgarlik maşğulotlarini taşkil etiş va ötkazişdagi yangi usul va uslublar haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati