Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi delegatsiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “Özbekistonda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan işlaş uçun tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oşiriş” loyihasida iştirok etmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
19 fevral kuni Gamburg şahrida loyiha işçi guruhi yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekiston delegatsiyasi “2019 — 2025 yillarda Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş konsepsiyasi” mavzuida taqdimot ötkazdi. Sözga çiqqanlar “2019 — 2025 yillarda Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş konsepsiyasi” asosida mamlakat soğliqni saqlaş tizimini boşqariş va moliyalaştirişning butunlay yangi tizimiga ötkazilayotganini ta'kidlaşdi.
“Şuningdek, taqdimotda şoşilinç tibbiy yordam xizmatini yanada takomillaştiriş, Özbekiston soğliqni saqlaş sohasiga yuqori texnologiyalarni sotib oliş böyiça şartnomalarni tayyorlaş yuzasidan körilgan çora-tadbirlar haqida söz yuritildi. Bundan taşqari, mutaxassislarimiz Germaniya tibbiyot modelini örganiş orqali Özbekistonda sohani yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirişda ikki mamlakat mutaxassislari hamkorligini yanada jadallaştiriş lozimligini ta'kidladilar”, deyiladi xabarda.

27 fevralga qadar davom etadigan taşrif davomida Özbekiston delegatsiyasi a'zolari Germaniya soğliqni saqlaş tizimida moliyalaştiriş masalalari va boşqariş usullari, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni boşqariş tamoyillari bilan yaqindan tanişadilar. Bundan taşqari, mamlakatning yetakçi tibbiyot muassasalarini, tibbiy ta'lim va xizmat körsatiş sohasidagi tibbiy uskunalar işlab çiqaruvçilari bilan uçraşuvlar ötkaziş rejalaştirilgan.












