Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi bergan ma'lumotlarga köra, 2019 yilning 17 fevral kuni Moskva şahrida mamlakatimiz fuqarolari iştirokida sodir bölgan hodisa natijasida jarohat olganlardan bir kişi voqea joyida, ikkinçisi kasalxonada vafot etgan. 

TIV xabariga köra, Tergov qömitasining Moskva şahri böyiça Boş boşqarmasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismi (qasddan soğlikka ölimga olib keluvçi oğir jarohat yetkaziş) asosida jinoyat işi oçilgan.

Hodisa oqibatida halok bölgan Özbekiston fuqarolari:

1. Nusratov Nodirbek Ğulomqodiroviç, 1989 yil 29 oktyabrda tuğilgan;
2. Nusratov Otabek, 1987 yil 24 oktyabrda tuğilgan.

Elçixona konsullik bölimi Rossiyaning tegişli idoralari bilan aloqa örnatdi va vaziyatni nazorat ostida uşlab turibdi, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Moskvada özbekistonliklar iştirokida piçoqbozlik röy bergani, 2 kişi halok bölgani xabar qilingandi.