Özbekiston Respublikasi prezidenti “Davlat mulki obektlaridan samarali foydalaniş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining: 

a) 2019 yil 1 martdan şunday tartib örnatiladiki, unda agar Özbekiston Respublikasi prezidenti hujjatlari yoki Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat tender komissiyasining qarorlari bilan boşqaça tartib örnatilmagan bölsa, davlat köçmas mulk obektlari va davlat uluşlari uçun sotib oliş tölovlarini tölaşda, savdolar ötkazilgan sanadagi belgilangan eng kam iş haqi (EKIH) baravari miqdorida hisoblanadigan sotib oliş tölovlari miqdoridan kelib çiqqan holda, sotib oliş tölovlarini tölaşning quyidagiça belgilangan muddatlarini joriy etiş: 

EKIHning 3 000 baravarigaça – oldi-sotdi şartnomasi tuzilgan kundan boşlab uç oydan köp bölmagan muddatda; 

EKIHning 3 000 baravaridan yuqori, lekin EKIHning 7 000 baravaridan köp bölmaganda – oldi-sotdi şartnomasi tuzilgan kundan boşlab olti oydan köp bölmagan muddatda; 

EKIHning 7 000 baravaridan yuqori, lekin EKIHning 15 000 baravaridan köp bölmaganda – oldi-sotdi şartnomasi tuzilgan kundan boşlab bir yildan köp bölmagan muddatda; 

EKIHning 15 000 baravaridan yuqori, lekin EKIHning 20 000 baravaridan köp bölmaganda – oldi-sotdi şartnomasi tuzilgan kundan boşlab ikki yildan köp bölmagan muddatda; 

EKIHning 20 000 baravaridan yuqori bölganda – oldi-sotdi şartnomasi tuzilgan kundan boşlab uç yildan köp bölmagan muddatda; 

b) “Kvars” AJ ustav kapitalidagi 20 foiz davlat aksiyalari paketini bosqiçma-bosqiç fond birjasida ikkilamçi SPO ötkaziş orqali, dastlab 2019 yilning iyun oyida aksiyalar paketining 5 foizini sotuvga çiqargan holda savdoga qöyiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi. 

Davlat tender komissiyasiga, istisno tariqasida, xöjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalari (uluşlari) paketlarini oldi-sotdi şartnomalarini qimmatli qoğozlar savdolari taşkilotçilarining savdo maydonçalaridan taşqarisida röyxatdan ötkazgan holda tanlov ötkaziş va töğridan-töğri muzokaralar olib boriş orqali sotişga ruxsat berildi. 

Belgilab qöyilişiça: 

1 sömga teng qiymatdagi boşlanğiç narx böyiça “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonçasida sotilgan davlat mulk obektlariga doir investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qiliş xaridor tomonidan öz zimmasiga olingan mahsulot (xizmatlar) işlab çiqarişning boşlanişi va yangi iş örinlari yaratilişini nazarda tutuvçi majburiyatlar bajarilgandan söng Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi;

erkin ayirboşlanadigan valutada sotiş uçun savdoga çiqarilgan va savdoda turgan davlat aksiyalari paketlari savdolardan olinişi, ularning milliy valutadagi qiymati aniqlangan holda qayta baholanişi va milliy valutada takroriy savdolarga çiqarilişi lozim; 

xöjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari qonunçilikda nazarda tutilgan tölov muddatlarini uzaytiriş va çegirmalar taqdim etiş mexanizmlari qöllanilmagan holda sotiladi; 

vakolatli davlat organlari qarorlari böyiça sotilgan davlat mulki obektlarining oldi-sotdi şartnomalarini majburiy ravişda notarial tasdiqlaş talab etilmaydi.