Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning öğli Haydar Moskva oblastidagi Rublyovo-Uspenskiy şossesida yer uçastkasi va uyga egalik qiladi. Bu haqda «Proyekt» naşri Rosreyestr ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

«Sadi Mayyendorf» posyolkasidagi yer maydoni yetti ming kvadrat metrdan oşadi, haşamatli uyning maydoni - 1,6 ming kvadrat metr. «Proyekt» uy-joy narxini 2,3 milliard rublga (taxminan 35 million dollar) baholadi. Uning yonida Rossiya prezidenti va boş vazirining qarorgohi joylaşgan.

Ilhom Aliyevning öğli 2007 yilda, töqqiz yoş bölganida uy egasiga aylangan. Rosreyestr ma'lumotlariga köra, köçmas mulk unga Ozarboyjon prezidentining qaynotasi Orif Paşayev tomonidan sotib olinganidan bir yil ötib sovğa qilingan.

Ozarboyjon prezidenti ma'muriyati «Proyekt»ning bu boradagi murojaatiga javob bermagan.

Rossiyada Aliyevlar oilasi Rublyovkadagi uyga egalik qiladi, u Ozarboyjon prezidentining katta qizi Laylo Aliyevaga tegişli. Avvalroq, buni OCCRP aniqlagandi. «Proyekt» ma'lumotlariga köra, Ozarboyjon prezidenti va uning turmuş örtoği Bolşaya Yakimankadagi 136 metr keladigan kvartiraga ham egalik qilişi mumkin.

Transparency International ma'lumotlariga köra, Ozarboyjon korrupsiyani qabul qiliş reytingida 180 örindan 152-poğonani egallaydi.