Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Prezident maktablarini taşkil etiş töğrisida»gi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.
«Prezident maktablarining asosiy maqsadi ta'lim jarayoniga ilğor texnologiyalarni qöllaş orqali iqtidorli yoşlarni tarbiyalaş va öqitiş, rağbatlantiriş hamda kelgusida ularni salohiyatini qöllab-quvvatlaş, Şuningdek, öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş, yetakçilik könikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantiriş, tanqidiy fikrlaş, axborotni izlaş, tahlil qiliş va qayta işlaş, olingan bilimlarni amaliyotda qöllaş kabi könikmalarni şakllantirişdan iborat», – deyiladi axborot xizmati xabarida.

Ma'lum qilinişiça, prezident maktablari Qoraqalpoğiston Respublikasida, şuningdek, Özbekiston Respublikasining barça viloyatlarida va Toşkent şahrida ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalari şaklida taşkil etiladi.
Ta'kidlanişiça, 2019 yilda dastlabki maktablarning qurilişi bir vaqtning özida Toşkent va Nukus şaharlarida, hamda Xorazm viloyatida böladi. Öz navbatida, 2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Samarqand va Farğona viloyatlarida, şuningdek, 2021 yilda Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida Prezident maktablarini taşkil etiş rejalaştirilgan.
«Uşbu maktablariga qabul qiliş respublika ta'lim muassasalarining 4-sinf bitiruvçilari orasida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ötkaziladigan mantiqiy fikrlaş testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga köra amalga oşiriladi. Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar öquvçidan iborat bölib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan öquvçi taqsimlanadi. Birinçi öquv yilida esa 5-10-sinflarining har bir maktab 144 nafardan öquvçi öqişga qabul qiladi», – deya ma'lum qiladi vazirlik.

Öquv jarayoni esa xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda işlab çiqilgan öquv rejalari va dasturlari böyiça ingliz tilida amalga oşiriladi va «STEAM - ta'lim» (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - san'at, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.
Prezident maktabining 9-11-sinflarida ta'lim oliş öquvçilarning qiziqişlari va xususiyatlarini, ayrim fanni tanlaş va ularni örganiş darajasini inobatga olgan holda individual öquv jarayoni asosida amalga oşiriladi.

Prezident maktablari bitiruvçilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan şahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegişli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega böladilar, bu esa öz navbatida xorijiy oliy öquv yurtlariga kiriş imkonini beradi.
Eslatib ötamiz, 2018 yil 18 noyabrda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Nukus şahrida bölib ötgan uçraşuv davomida, har bir viloyatda Prezident maktablarini taşkil etiş töğrisida e'lon qilgan edi.












