Özbekiston Respublikasi hududida elektron tölov xizmati va munosabatlarini rivojlantiriş, şuningdek, elektron pullarni bozor qoidalari asosida tartibga keltiruvçi hujjat loyihalari Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, hujjat loyihalari tegişli va manfaatdor taşkilot, vazirliklar bilan kelişilgan holda işlab çiqilgan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga taşabbusni kiritiş uçun Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan.
Özbekiston Respublikasida 2018-2020 yillarda raqamli bankingni rivojlantiriş konsepsiyasi işlab çiqildi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan kelişilgan holda 2018 yil 8 avgustda tasdiqlangandi.
«Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining qonunida respublikada hisob-kitoblarning samarali tizimini taşkil etiş va ta'minlaş vazifasi Markaziy bankka yuklatilgani ta'kidlanadi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yönalişlaridan biri sifatida tölov tizimi barqarorligi va uning rivojlanişini ta'minlaş belgilandi.
2018 yil davomida Markaziy bankning banklararo tölov tizimi orqali amalga oşirilgan operatsiyalar summasi 2017 yilga nisbatan 32 foizga ortib, 845,6 trln. sömni, öz navbatida amalga oşirilgan operatsiyalar soni esa 74,7 mln. tani taşkil qildi.












