Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Davlat xaridlari sohasidagi şikoyatlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligining 2018 yil 1 maydagi 180-son buyruği bilan tasdiqlangan Davlat xaridlari sohasidagi şikoyatlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.

Davlat xaridlari sohasidagi şikoyatlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi nizomga kiritiladigan özgartiriş va qöşimçalar:
 
1-banddagi “Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi” degan sözlar “Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan sözlar bilan almaştiriladi.

16-bandning birinçi xatboşisi quyidagi mazmundagi gap bilan töldiriladi:

“Anonim murojaat komissiya tomonidan körib çiqilmaydi.”.

4-bob quyidagi mazmundagi 30-1-band bilan töldiriladi:

“30-1. Komissiya vakolatli organning murojaatiga asosan ijroçini Insofsiz ijroçilarning yagona reyestriga kiritişi mumkin, unda quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:

xarid qiliş tartib-taomillari yakunlari böyiça belgilangan şartlarda davlat buyurtmaçisi bilan şartnoma tuzişni va davlat xaridlarini amalga oşirişni rad etgan yoki boşqaça usulda böyin tovlagan xarid qiliş tartib-taomillari ğoliblari töğrisidagi;

majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegişli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijroçilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bölmaydigan kuçlar oqibatida bajarilmagan yoki tegişli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;

sudning qaroriga köra firibgarlik, soxtalaştiriş va korrupsiya bilan boğliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijroçilar töğrisidagi.

Insofsiz ijroçilarning yagona reyestriga kiritilgan ijroçi uç yil davomida davlat xaridlarida iştirok eta olmaydi, bu muddat tamom bölgaç ijroçi Insofsiz ijroçilarning yagona reyestridan çiqarib yuborilgan hisoblanadi.”.