“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Biznes telekanali”ni taşkil etiş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda tadbirkorlarning faoliyatini töliq yoritadigan, biznes sirlarini örgatişga ixtisoslaştirilgan, tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan taniştiradigan maxsus telekanal mavjud emas.
“Agar tadbirkorlik sohasiga bağişlangan maxsus telekanal taşkil etilsa va uning dasturlari faqat şu yönalişda bölsa, tadbirkorlar bir-birlarini yanada yaqinroq tanişardi, mahsulotlarni reklama qiliş uçun qulaylik bölardi”, - deyiladi petitsiyada.
Bildirilişiça, maxsus telekanal orqali öz mahsulotlarini va işlab çiqariş jarayonlarini efirga uzatişlari mumkin böladi. Bu telekanalning taşkil etilişi xorijiy investitsiyalarni ham kengroq jalb etişga, xorijlik tadbirkorlarning e'tiborini yanada tortişga xizmat qilişi mumkin.
“Yuqoridagilardan kelib çiqib, maxsus “Biznes telekanali”ni taşkil etişni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda maktablarga kiriş va çiqiş joylari böyiça petitsiya paydo bölgandi.








