23 fevral kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaror loyihasi böyiça Davlat test markazi va ommaviy axborot vositalari vakillari örtasida matbuot anjumani bölib ötdi.

Ma'lumot uçun, 2018 – 2019 yilgi öquv yili qabulida turli hududlarda abituriyentlarga çetdan yordam bölişi kabi holatlar takrorlangan.

Imtihondan söng ham abituriyentlarni ma'lum mablağ evaziga öqişga kiritgan dekan va öqituvçilarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi.

Kun.uz muxbiri Davlat test markazi direktori Majid Karimovga kiriş imtihonlari jarayonida kuzatuvçi sifatida saralangan şaxslarning tanlab olinişi töğrisida savol bilan yuzlandi.

DTM direktori esa şunday javob berdi:

«Har yil, masalan, bizga 5 ming kuzatuvçi kerak bölsa, biz 10 mingdan ortiq mutaxassis orasidan ularni saralab olamiz. Ularning malakasini oşiriş işlari ötkazilgaç, test sinovlarida sinab köramiz. Saralanganlarning qaysi kun, qayerga borişini bir kun oldin generatsiya qilamiz va ertalab ularni xabardor etamiz.

Biror obektda hali DTM vakili bino rahbari bölmagan. Boşqa taşkilotlardan jalb qilingan odamlar bölgan. Endi faqat bizning xodim nazorat qiladi. Har bir nazoratçining harakati tahlil qilinadi. Ular mas'uliyatni his qilib turadi.

Jamoatçilik nazoratiga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Deputatlarimiz qattiq talab qilişmoqda, fikrlar bildirişmoqda. Jarayonga Adliya vazirligidan katta kuç taşlandi.

Xavfsizlik idoralaridan ham vakillar iştirok etişadi.

Nazoratçilar tanlaş işlarini Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligiga topşiramiz. Eng halol, eng prinsipial va fidoyi vakillarni ta'lim muassasalarining rahbari öz imzosi bilan tasdiqlab jönatadi».

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube