23 fevral kuni Angliya Premer-Ligasi 27-turidan örin olgan «Byornli» - «Tottenhem» öyini özbekistonlik muxlislar orasida keng muhokama qilindi. Çunki bu uçraşuv vaqtida «Terf Mur» stadionida «Life is too short not to visit Uzbekistan» (Hayot Özbekistonga taşrif buyurmaslik uçun juda qisqa) reklamasi ketdi. Şuningdek, reklamada Buxoroning parallaksidan ham foydalanilgan bölib, u atrof bilan qorişib ketadi.

Dunyoning eng ommabop ligasida Özbekistonning reklama qilinişi, albatta yoqimli holatdir. Çunki bu çempionat öyinlarini butun dunyoda yuz millionlab kişilar tomoşa qilişadi. Masalan, «Byornli» - «Tottenhem» öyinini 200 millionga yaqin kişi tomoşa qilgan.

Xöş, bu reklamaning foydasi böldimi? Uni qanday muhokama qilişmoqda? Ijtimoiy tarmoqlarning Özbekistondagi foydalanuvçilari bu reklama haqida jöşib gapirişlari turgan gap. Lekin boşqa mamlakatlardagi odamlarning fikrlari biz uçun qiziq. Futbol öyinlari ijtimoiy tarmoqlar orasida ayniqsa tvitterda keng muhokama qilinadi. Keling, dunyodagi tvitterçilar yuqoridagi mavzuda nimalar yozişgani bilan qiziqsak.

* «Byornli» - «Tottenhem» öyinini körib turgandim. U yerda hayot Özbekistonga bormaslik uçun juda qisqa ekanini eslatişdi...».

* «Byornli» - «Tottenhem» öyinini körayotganda Özbekistonga borişni tavsiya qilişdi. Menimça, borsam kerak».

* Bugungi öyin vaqtida nima köproq muhokama qilinarkin: Xarri Keynning safga qaytganimi yoki hayot Özbekistonga bormaslik uçun juda qisqa ekanimi?».

* «Hayot Özbekistonga taşrif buyurmaslik uçun juda qisqa» – «Terf Mur»da köriş mumkin bölgan tasodifiy reklamalarning eng ajoyibi».

* «Tottenhem»ning öyinida hayot Özbekistonga bormaslik uçun juda qisqa deb yozişmoqda. Jozibali...».

* «Terf Mur»dagi taşkilotçilarning aytişiça, hayot Özbekistonga bormaslik uçun juda qisqa ekan».

* Körinişidan hayot çindan ham Özbekistonga bormaslik uçun juda qisqaga öxşaydi».

* Qarang, «Byornli» maydonida qanday ajoyib reklama: «Hayot Özbekistonga bormaslik uçun juda qisqa».

* «Hozirgina Özbekistonga çipta buyurtma qildim».

Ta'kidlaş kerak, «Özbekturizm» taşabbusi bilan amalga oşirilgan bu reklama «Terf Mur» stadioniga bepul qöyilgan. Taşkilot xodimi Behruz Hamzayev APL bilan bu reklamani bepul joylaştiriş böyiça kelişgan. Uning aytişiça, bunday turdagi reklama APLdagilarga ham yoqqan.