«O‘zbekturizm» kompaniyasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Ne'mat Abdullayev vafot etdi
Sobiq «O‘zbekturizm» kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Ne'mat Abdullayev 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma'lum qildi.
«Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi jamoasi uzoq yillar «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Ne'mat Abdullayevning vafot etganligi munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya bildiradi.
«Ne'mat Zokirovich o‘z davrida O‘zbekistonda turizm sohasi rivojiga o‘chmas hissa qo‘shgan. U hamkasblari xotirasida hamisha shijoatli, jonkuyar, samimiy inson sifatida muhrlanib qoladi. Marhumning yaqinlariga sabr-u jamil tilaymiz», deyiladi qo‘mita xabarida.
Ne'mat Abdullayev 1946 yilda tug‘ilgan. U 1994–2005 yillarda «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Ne'mat Abdullayev 2020 yilning 2 avgust kuni vafot etgan.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 74 yoshli Ne'mat Abdullayevning vafoti sababiga aniqlik kiritmagan.
Avvalroq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining birinchi raisi Anvar Sharapov vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023