23 fevral kuni Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Içki işlar vazirligining Avtosport markaziga bordi.
TDX xabariga köra, içki işlar vaziri Iskandar Mulikov Markaz obektlarining ikkinçi bosqiçi qurilişi va bu yerda drift uçun barpo etilgan maydon töla tayyorligi böyiça Oliy boş qömondonga hisobot berdi. Şuningdek, u «Rowaç» («Rovaç») nomli velosipedni sovğa qilgan. Nom rama ustiga yozib qöyilgan. Eslatib ötamiz, Turkmanistonda 2018 yil «Turkmaniston - taraqqiyot Vatani» («Türkmenistan – rowaçlygyň Watany») gapi şior sifatida e'lon qilindi.
«Keyin prezident Berdimuhamedov yangi Nissan sport avtomobilini közdan keçirib, zarur tayyorgarlikdan söng tajribali poygaçi mahoratini namoyon etdi va driftda ajoyib darajani körsatdi», - deya xabar beradi Turkmaniston davlat axborot agentligi.












