Tataristondagi qişloqlardan birida yaşovçi, gipertonik kriz sababli tez yordam çaqirtirgan ayolni tez yordam maşinasigaça traktor kovşida yetkazişga töğri keldi. Gap şundaki, tez yordam maşinasi bemorning uyigaça yöl qordan tozalanmagani sababli yetib bora olmagan.
Bu haqdagi xabar “Vkontakte” ijtimoiy tarmoğidagi Region116.dtp.official pablikida joylaştirilgan. Xabar muallifi tez yordam maşinasi bemor uyigaça borolmaganidan aççiq bildirgan.
“Şunday voqea haqiqatan ham Biyabaş kişloğida yuz berdi. 66 yoşli bemor ayol şifoxonaga olib ketilişi kerak edi. U yöli hali qordan tozalanmagan qişloq çekkasida yaşagan”, deb aytilgan xabarda.
Ma'lum qilinişiça, tez yordam feldşeri yölni qordan tozalaşni boşlagan traktorçidan vaziyat jiddiyligi sababli ayolni traktori kovşida tez yordam maşinasigaça yetkazişni söragan.
“Ayni vaqtda ayol şifoxonaga yotqazilgan. Uning ahvoli barqaror”, deb ma'lum qilingan respublika soğliqni saqlaş vazirligida.












