Özbekiston FVV Tataristonning Nijnekamsk şahrida ukrain droni zarbasi oqibatlari böyiça qöşimça ma’lumot berdi. Unga köra, halok bölgan özbekistonliklar soni 8 nafarni taşkil etmoqda, şuningdek, Özbekistonning yana bir neça fuqarosi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, ular quriliş korxonasida quruvçi bölib işlagan.

Mahalliy rasmiylarga köra, tungi hujum vaqtida dronlardan biri Nijnekamskdagi sanoat zonasi hududida işçilar yaşayotgan hostelga zarba bergan. Bu zarba oqibatida Tojikistonning ham ikki fuqarosi halok bölgan.

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Özbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirib, telegramma yuborgan.

Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi 10-avgustga ötar keçasi Rossiyaning «harbiy salohiyatini pasaytiriş doirasida» Ukraina mudofaa kuçlari bölinmalari «„Taneko“ neftni qayta işlaş zavodi (Nijnekamsk, Respublika Tatarstan, RF)»ni nişonga olgani, «ob’yektda yonğin kelib çiqqani»ni ma’lum qilgan.

Özbekiston FVV xabarida prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga muvofiq, boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov boşçiligida hukumat komissiyasi taşkil etilgani ma’lum qilingan.

Hukumat komissiyasiga hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarimizning holidan xabar oliş va ularga barça zarur yordam körsatiş, halok bölganlarni havo transportida maxsus reys orqali olib keliş va tegişli manzillarga yetkaziş, şuningdek ularning oila a’zolariga har tomonlama kömaklaşiş vazifalari yuklatildi.

Maxsus işçi guruh Rossiya Federatsiyasiga yuborilib, barça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Jabrlangan Özbekiston Respublikasi fuqarolari töğrisida tezkor ma’lumot oliş uçun:

Özbekiston Respublikasining Qozon şahridagi Boş konsulining +79656007979 telefon raqamiga;

Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasining +79257508757, +9251270002 telefon raqamlariga murojaat qiliş mumkin.