Ukraina dronlari 10-avgust tongida Nijnekamsk şahriga hujum qildi. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov hujum oqibatida 13 kişi halok bölib, 39 kişi yaralanganini ma’lum qilgan.
Rasmiylar ma’lumotida «işlab çiqariş va fuqarolik ob’yektlari zarbaga uçragani» ma’lum qilingan. Boşqa tafsilotlar keltirilmagan. Respublikada motam e’lon qilindi. Nijnekamsk şahri meri Radmir Belyayev qurbonlar orasida yoş bola ham borligini aytgan. Uning sözlariga köra, dronlar «nafaqat sanoat ob’yektlari, balki turar joy sektoriga ham hujum qilgan».
Ukrainadagi Supenova+ va Exilenova+ telegram-kanallari Nijnekamskdagi neftni qayta işlaş zavodida yonğin çiqqanini xabar qilib, şahar uzra tutun kötarilgani aks etgan videoni e’lon qilgan.
Astra naşri taxmin qilişiça, «Nijnekamskneftexim» korxonasi («Sibur» holdingi tarkibiga kiradi) hujumga uçragan – bu Yevropadagi eng yirik neft-kimyo komplekslaridan biri hisoblanadi. Uşbu korxona joylaşgan sanoat zonasida «Tatneft» (AO «TANeKO») neftni qayta işlaş zavodi hamda «TAIF-NK» neftni qayta işlaş kompleksi ham bor. Nijnekamskdagi neft ob’yektlari bundan oldin ham ukrain dronlari zarbasiga uçragandi.
Rossiya mudofaa vazirligi hisobotida qayd etilişiça, tunda havo hujumidan mudofaa kuçlari Rossiyaning 16 ta regioni (ular orasida Tatariston ham bor) va anneksiya qilingan Qrim uzra ukrainlarning 456 ta dronini urib tuşirgan.
Hududiy rasmiylar ham urib tuşirilgan dronlar haqida xabar qilgan. Rostov oblasti gubernatori Yuriy Slyusar 70 dan ortiq dron töxtatilganini aytgan. Kaluga oblasti rahbari Vladislav Şapşaning xabarida region uzra 16 ta dron urib tuşirilgani haqida gap ketadi. Bu xabarlarda vayrongarçiliklar va jabrlanuvçilar haqida aytilmagan.
Sergey Sobyanin esa Moskva tomon uçayotgan 18 ta dron zararsizlantirilganini ma’lum qilgan.
Anneksiya qilingan Sevastopolda esa dron «parçalari qulaşi oqibatida» Injir plyaji hududida yonğin çiqqan. Plyaj kempingidagi odamlar evakuatsiya qilingan.












