Ukraina dronlari 10-avgust tongida Nijnekamsk şahriga hujum qildi. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov hujum oqibatida 13 kişi halok bölganini ma’lum qilgan va respublikada motam e’lon qilgan.
Mahalliy rasmiylarga köra, jami 75 kişi tibbiy yordam sörab murojaat qilgan, şundan 21 kişi şifoxonaga yotqizilgan.
Mahalliy naşrlarda qurbonlar orasida Özbekiston va Tojikiston fuqarolari ham borligi haqida aytilgandi.
Köp ötmay Özbekistonning Qozon şahridagi boş konsulxonasi qurbonlardan 7 nafari özbekistonliklar ekanini ma’lum qildi.
Boş konsulxona halok bölgan fuqarolarning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirib, vafot etganlarning jasadlarini sud-tibbiy ekspertiza va zarur rasmiy jarayonlar yakunlanganidan söng vatanga qaytariş böyiça tegişli işlar amalga oşirilişini ma’lum qilgan.
Hozirda jabrlangan önlab kişilar orasida Özbekiston fuqarolari ham borligi böyiça ma’lumot berilmadi. Şuningdek, Özbekiston fuqarolari aynan qayerda va qanday holatda halok bölganiga aniqlik kiritilmagan.
OAVga köra, 10-avgust tongida Nijnekamsk şahridagi bir neça sanoat korxonalari hujumga uçragan. Xususan, Nijnekamskdagi neftni qayta işlaş zavodida yonğin çiqqani aks etgan kadrlar tarqalgan. Bundan taşqari, «Nijnekamskneftexim» neft-kimyo kompleksiga hujum qilingani haqida xabarlar ham bor, uşbu korxonani öz içiga olgan sanoat zonasida «Tatneft» (AO «TANEKO») neftni qayta işlaş zavodi hamda «TAIF-NK» neftni qayta işlaş kompleksi ham joylaşgan.













