Tataristondagi dronlar hujumi oqibatida vafot etgan Özbekiston fuqarolarining jasadlari vatanga olib kelindi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, buning uçun 12-avgust kuni Özbekiston Harbiy havo kuçlari samolyoti maxsus reysni amalga oşirgan.

8 nafar özbekistonlik 10-avgust kuni Nijnekamsk şahriga Ukraina tomonidan uyuştirilgan dron hujumlari vaqtida halok bölgan edi. Ular quriliş sohasida işlab kelgan. Ularning jasadlari qaytarilişidan oldin Nijnekamsk masjidlaridan birida janoza namozi öqilgan.

Qurbonlardan taşqari, yana bir neça özbekistonliklar turli darajada tan jarohatlari bilan şifoxonalarga joylaştirilgan.

Mazkur dronlar hujumi oqibatida kamida 13 kişi halok bölgan (ulardan 8 nafari Özbekiston vatandoşi, yana biri Tojikiston vatandoşi), ulardan 9 nafari zarba paytida yotoqxonada bölişgan. Hujumda, şuningdek, 39 kişi jarohatlangan.

Bu – sönggi oylarda Rossiyada tinç aholi örtasidagi eng oğir qurbonlar berilgan holatlardan biri böldi.

Özbekiston tomoni fuqarolik ob’yekti bölmiş yotoqxonaga berilgan zarba yuzasidan Ukraina tomoniga hozirça ommaviy ravişda biror munosabat bildirmadi.