«Mening yurtim» telekanali bahoriy mavsumda teletomoşabinlar talab va istaklariga binoan rang-barang dasturlarni hozirlab qöygan. Önlab şou dastur va mega loyihalar bilan bir qatorda, albatta, yangi seriallar ham efirdan joy olgan.

My5 telekanali milliy seriallarga alohida e'tibor qaratişi barçaga ma'lum. Informatsion, ijtimoiy yoki boşqa teledasturlarda aytilgan, biroq yetarliça samara bermagan, tomoşabin ongiga qadar kirib bormagan talay mavzular borki, ularni milliy serial orqali ta'sirçan körinişda yetkaziş maqsadga muvofiq. Şu sababli 2019 yil 4 martdan biratöla ikkita milliy serial namoyiş etila boşlanadi:

«Jurnalist» – bu serial «Mening yurtim» telekanali muxlislari uçun yangi mavsum tuhfasi desak yanglişmaymiz. Bahorning ilk kunlaridanoq prem'yerasi kutilayotgan «Jurnalist» seriali zamonamiz yoşlarining bugungi hayoti va intilişlari haqida hikoya qiladi. Serialning boş ğoyasi yoşlarni hayot sinovlarida qoqilmasliklari uçun ilmli, mustaqil fikriga ega, vatanparvar va öz kasbiga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalaşdan iboratdir. Zero, serial qahramoni Dunyo ham zamonamiz qahramoni bölib, 20 yoşda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tugatib tahririyatda, jurnalist sifatida iş boşlaydi. Uning maqolalarida kötarilgan dolzarb mummolar va mavzular barçani lol qoldiradi. Sevib-sevilib turmuşga çiqadi biroq, baxtli onlari köpga bormaydi, yozgan maqolasi tufayli oilasi parokanda böladi. 200 qismdan iborat bölgan «Jurnalist» serialini 4 martdan boşlab soat 20:45da tomoşa qilişingiz mumkin.

«Zaharli tomçilar» – seriali navbatdagi milliy serial prem'yerasi bölib, unda bugungi hayotimizdagi dolzarb muammolar kötarilgan. Serial orqali jamiyatda yovuzlikni kasb qilgan yoşlarimizni psixotrop moddalar bilan hayotini zaharlayotgan kimsalardan ogoh böliş, ularga qarşi kuraş kerakligi uqtiriladi. Zero, bugun ogohlik davr talabidir. Şuning uçun ham serial bizni jamiyatmiz oldidagi ijtimoiy mas'uliyatimizni unutmaslikka çorlaydi. Unda tevarak atrofimizda sodir bölayotgan voqelikka nisbatan loqaydlik fojiaviy oqibatlarga olib kelişi ötkir syujyetli sahnalar orqali oçib beriladi. Bundan körinadiki, uşbu serial barçamizni ogohlikka da'vat etib, muhim ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. «»Zaharli tomçilar» serialini 4 martdan boşlab soat 21:15da tomoşa qilişingiz mumkin.