Serial atoqli yozuvçi Said Ahmad va uning rafiqasi, şoira Saida Zunnunovaning hayotida 1950-1955 yillarda röy bergan voqealarga asoslangan.

Bu davrda yoş oilaning yorqin umidlar va ulkan rejalarga töla baxtli va beğubor hayoti bir onda ostin-ustun bölib ketadi, Said Ahmad hibsga olinadi.

Endi boş qahramonlarning hayoti qanday keçadi, ularni qanday sinovlar kutib turibdi, taqdir ularning muhabbatini qanday sinaydi? Serialni tomoşa qilib, bu savollarning barçasiga javob topasiz.

«Avvaliga «Said bilan Saida» filmida, söngra «Sabru sadoqat» serialida aks etgan voqealar haqiqatan ham Stalin qatağonining oğir yillarida ota-onam – Özbekiston xalq yozuvçisi Said Ahmad va şoira Saida Zunnunovaning hayotlarida yuz bergan, — deydi ssenariy muallifi, Said Ahmadning qizi Nodira Husanxöjayeva. — Filmga otamning avtobiografik qissalari, ota-onamning bir-biriga yöllagan maktublari hamda onam, şoira Saida Zunnunovaning kundaliklari asos qilib olingan. Ota-onamning hayoti va ijodi bilan boğliq barça qölyozmalar, hujjat va xatlar uy arxivimizda avaylab saqlanmoqda. Otamning 100 yillik yubileyiga atab «Özbekkino»da yaratilgan uşbu serial Özbekiston telekanallarida namoyiş etilişidan bağoyat xursandman».

«Said bilan Saida» filmi asosida yaratilgan serial teletomoşabinlarni öşa tarixiy davrga, ijod va ilhom muhitiga yetaklaydi. Sevgi, xiyonat, puşaymonlik, keçirimlilik, sadoqat, ezgulik — tomoşabinlar film qahramonlari bilan birga ularning könglidan ötgan barça keçinmalarni his qiladilar.

Ta'kidlaş lozimki, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Adiblar xiyoboni»ning oçilişi çoğida mumtoz asarlarni örganiş, ularning hayoti va ijodiy yöli haqida kitoblar naşr etiş, filmlar yaratiş muhimligini ta'kidlab ötgan edi. Uşbu körsatmaga muvofiq, Milliy agentlik tomonidan «Sabru sadoqat» teleserialining tayyorlanişi, özbek xalqining yoş avlodini tarbiyalaşdek muhim vazifaga hissa qöşayotganidan darak beradi.

Kinoserial 8 iyundan 12 iyungaça yurtimizning «Oʻzbekiston», «Madaniyat va maʾrifat», «Mahalla», «Oʻzbekiston tarixi», «ZÖR TV, «MY5», «Milliy TV», «Uzbekistan-online.uz», «Sevimli TV» (9-13 iyun),  telekanallarida, şuningdek 20 iyun kuni «Kinoteatr» telekanalida namoyiş etiladi.