Huquqiy fanlar böyiça darsliklar va öquv qöllanmalarini tubdan qayta körib çiqiş lozim, deb hisoblaydi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov. 

1 mart kuni öz işini davom ettirgan Senatning XVIII yalpi majlisida Adliya vazirining 2018 yilda huquqiy tarğibot va ma'rifatning holati haqidagi axboroti ​tinglandi. 

Davletovning ta'kidlaşiça, maktabgaça va xalq ta'limi tizimida ta'lim jarayonlarini huquqiy tarbiya bilan uyğun olib boriş işlariga yetarliça e'tibor berilmasligi, bu borada mos dasturlar ​va standartlarning yöqligi sababli, ötgan davr mobaynida bir avlod boy berildi.

«Ya'ni ularning huquqiy ongini tarbiyalaşda aniq bir mexanizmga tayana olmadik. Davlatimiz rahbari ham bu masalada qabul qilayotgan qarorlarida aynan şu narsaga jiddiy e'tibor qilmoqdalar», —​ deydi vazir.​

Uning aytişiça, uşbu darsliklar tahlil qilingaç, bu kitoblarni nafaqat maktab öquvçilari, balki yuridik universitet talabalari ham özlaştirişi juda qiyinligi e'tirof etilgan.

«Şunga köra, Xalq ta'limi vazirligi bilan işlayapmiz va tez orada yangi avlod darsliklarini tayyorlab, naşrdan çiqaramiz», — deb qöşimça qilgan Davletov.