Saylov natijalariga ta'sir körsatiş maqsadida nomzod yoxud siyosiy partiya töğrisida ataylab yolğon ma'lumotlarni e'lon qiliş bilan boğliq harakatlar sodir etiş ham ma'muriy javobgarlik çoralari qöllanilişiga olib keladi. Bu haqda Senatning yalpi majlisida nutq sözlagan senator ma'lum qildi.
28 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XVIII yalpi majlisi öz işini boşladi. Kun tartibida «Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlaş töğrisida»gi Özbekiston qonuni ham körib çiqildi.
Ta'kidlanişiça, saylaş va saylaniş fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri bölib, uşbu huquqlar jinoyat qonunçiligi bilan ham muhofaza qilinadi.
Yangi kodeksga muvofiq, muddatidan oldin ovoz beriş amaldagi tartibga köra saylovga 1 kun qolganda emas, balki 3 kun qolganda tugatiş belgilandi.
Şuningdek, siyosiy partiyaning u yoki bu şaxsni nomzod etib körsatiş töğrisidagi öz qarorini saylovga keçi bilan 15 kun qolganida bekor qiliş huquqiga ega ekanligi örnatildi.
Taşviqot işlarini boşlaşda barça nomzodlar uçun yagona muddat, ya'ni – ularni röyxatga oliş uçun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e'tiboran boşlanişi aniq körsatildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputatligiga nomzodlarning işonçli vakillari sonini 3 nafardan 5 nafargaça köpaytiriş mumkinligi nazarda tutilgan.
Qonunda Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafarga qadar, Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzod 10 nafarga qadar, viloyat Kengaşi deputatligiga nomzod 5 nafarga qadar, tuman va şahar Kengaşi deputatligiga nomzod 3 nafarga qadar işonçli vakilga ega bölişga haqli ekanligi belgilandi.
Saylov kuni va ovoz beriş boşlanişidan 1 kun oldin jamoatçilik fikri sörovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, ötkazilayotgan saylov bilan boğliq boşqa tadqiqotlarni e'lon qiliş taqiqlandi.
Ma'lumot uçun, hozirgi vaqtda Fransiya, Belgiya, Polşa, Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Bolgariya, Gruziya singari 40ta davlat özining yagona Saylov kodeksiga ega.












