Internetda avtobus haydovçisi va konduktor yöl haqi tölamagan pensioner ayolni avtobusdan haydab çiqargani tasvirlangan video tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarining xabar berişiça, voqea bugun, 1 mart kuni Toşkentda, 51-sonli yölovçi avtobusda sodir bölgan.
Videodan köriş mumkinki, avtobus haydovçisi transportni töxtatgan va pensioner ayoldan pul tölaşni talab qilgan. Şu bilan birga, yölovçilardan biri keksa ayolning örniga yöl haqi tölab beriş taklifi bilan çiqqan, lekin haydovçi va konduktor uning pulini olişdan boş tortişadi.
Konduktor pensioner ayolni bir neça bor körganligi haqida ma'lum qilgan. Oxir-oqibat haydovçi hamda konduktor keksa ayolni avtobusdan haydab çiqargan.
Tegişli taşkilotlar, şu jumladan, «Toşşahartransxizmat» uşbu hodisa böyiça hozirça izoh bermadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda nogironligi bölgan şaxsga pandusni tuşirib bermagan avtobus haydovçilari jazolangandi.











