Toşkentda nogironligi bölgan şaxsga pandus oçilmayotganini bahona qilgan avtobus haydovçilari jazolandi. Bu haqda “Toşşahartransxizmat” xabar bermoqda.

Foto: Toşşahartransxizmat

Qayd etilişiça, joriy yilning 20 fevral kuni poytaxtning Şimoliy vokzal bekatida nogironligi bölgan şaxs “12-avtobus saroyi”ga qaraşli 62-yönalişdagi hamda “1-avtobus saroyi”ga qaraşli 13t-yönalişida qatnovçi örta siğimli “SAZ LE 60” rusumli avtobusga çiqmoqçi bölgan.

Xabarda aytilişiça, haydovçilar esa pandus oçilmayotganini bahona qilib, yölovçini olmagan. Bu esa norozilikni keltirib çiqargan. 

Bildirilişiça, mazkur holat “Toşşahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan örganildi. Mas'uliyatsiz haydovçilar 10 kunlik xöjalik işlariga ötkazildi.

“Kelgusida bunday holatga yöl qöymaslik maqsadida haydovçilardan kafolat xatlari olindi. Ularga pandusni işlatiş böyiça amaliy seminarlar taşkil etildi”, - deyiladi xabarda.