Bahorning ilk kunida Bundesliganing 24-turiga start berildi. Dastlabki bahs Augsburgda, ayni nomdagi mahalliy jamoa va çempionat peşqadami «Borussiya Dortmund» örtasida keçdi.
Uçraşuvda «Augsburg»ning koreyalik yarimhimoyaçisi Çji Don Von dubl qayd etdi, uning gollariga mehmonlardan Pako Alkaser javob qaytardi. Şu tariqa, dortmundliklar liganing bu mavsumidagi ikkinçi mağlubiyatini qabul qilib olişdi.
«Borussiya» Bundesliganing oxirgi beşta turidan faqat bittasida ğalaba qozonganini ta'kidlaş kerak. Ketma-ket uçta durangdan söng ötgan turda ğalabaga erişgan jamoa bu turda mağlubiyatni qabul qildi. Natijada asosiy raqib «Bavariya» dortmundliklarni nazariy jihatdan şu turning özidayoq peşqadamlikdan mahrum etişi mumkin. Ayni paytda jamoalarni faqat 3 oçko ajratib turibdi.
Myunxen grandi bugun Menxengladbaxda «Borussiya» mehmoni böladi. Amaldagi çempion safardan 7:0 hisobidagi ğalaba bilan qaytgan taqdirda nafaqat oçkolar hisobida Dortmundga yetib oladi, balki töplar nisbati evaziga uni ortda qoldirişga ham erişadi. Ammo, eslatib ötamiz, «Bavariya» birinçi davrada «Borussiya M»ga öz uyida 0:3 hisobida yutqazgan edi. Menxengladbaxliklar ayni paytda 3-poğonada borişyapti – bugungi raqiblar örtasida 8 oçko farq bor.
Germaniya çempionati
24-tur, 1 mart
Augsburg – Borussiya D 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 24 Çji Don Von, 2:0 – 67 Çji Don Von, 2:1 – 81 Pako Alkaser.
Borussiya D – Byurki, Hakimi, Akanji, Zagadu, Diallo, Vitsel, Dileyni (Gerreyru, 66), Sanço, Roys (Pako Alkaser, 66), Bruun Larsen (Filipp, 76), Getse.
2 mart
19:30. Nyurnberg – RB Leypsig
19:30. Şalke – Fortuna
19:30. Herta – Mayns
19:30. Ayntraxt F – Xoffenxaym
19:30. Bayyer – Frayburg
22:30. Borussiya M – Bavariya
3 mart
19:30. Ştutgart – Gannover
22:00. Volfsburg – Verder












